Sloveniya OAV: O'zbekistonning boy madaniyati, tili, oshxonasi va milliy liboslari bilan tanishish uchun ushbu jannatmonand yurtning barcha go'shalariga tashrif buyurish kerak
May 24, 2025. 10:13 • 3 daq
• 43
LYUBLYANA, 25-may. /"Dunyo" AA/. Sloveniyaning "Slavjanskijbulvar.si" elektron nashrida "Ikki madaniyat, ikki til –ijod uchun yangi makon" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston madaniyati yorqin va o'ziga xos bo'lib, unda turli xalqlarning, xususan, qadimgi forslar, yunonlar, turkiylar, arablar, xitoylar va ruslarning ko'plab an'analari mavjud, – deyiladi maqolada. – O'zbekistonning san'ati, rassomchiligi, tili, oshxonasi va milliy liboslari bilan tanishish uchun ushbu jannatmonand yurtning barcha go'shalariga tashrif buyurish yoki san'at festivallariga qatnashish kerak".
"Slavjanskijbulvar.si" elektron nashrida keyingi yillarda O'zbekiston bilan Sloveniya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ayniqsa, madaniyat sohasida izchil rivojlanib borayotganini qayt etgan.
Sloveniya vakillari O'zbekistonda har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan bir qancha nufuzli xalqaro madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ular Samarqand shahrida o'tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, Shahrisabz va Zomin shaharlarida o'tkazilgan maqom san'ati bo'yicha xalqaro forum, Xivada o'tkazilgan "Lazgi" xalqaro raqs festivali, shuningdek, xalqaro bard festivallarida ishtirok etdi, deb ta'kidlagan nashr.
Tadbirlar doirasida sloveniyalik ishtirokchilar tomonidan konsertlar, ilmiy-ma'rifiy taqdimotlar, madaniy almashinuvlar tashkil etildi. Bundan tashqari, o'zbekistonlik san'at va madaniyat arboblari Sloveniyada o'tkazilayotgan xalqaro madaniy tadbirlar, forum va festivallarda faol ishtirok etmoqda.
"Bizning dunyomizda tillar shunchaki muloqot vositasi bo'lishdan to'xtadi, ular xalqlar o'rtasidagi tushunish, hamkorlik va umumiy qarashlar ko'prigiga aylandi. O'zbekiston bilan Sloveniya o'rtasida ta'lim va ilm-fan sohalarida rivojlanib borayotgan aloqalar tilshunoslik sohasidagi muloqotning samarali mohiyatini yaqqol namoyon etadi", – deb yozgan maqola muallifi.
Materialda til – madaniyat kaliti, O'zbekiston adabiyoti va she'riyati muhabbat, baxt va ezgulikka hamda Sharq hikmatlariga to'la ekanligi alohida ta'kidlangan. "Til va madaniy almashinuv xalqlar o'rtasidagi o'zaro hurmat va tushunishni mustahkamlaydi. Til va umumiy madaniy qadriyatlarga asoslangan O'zbekiston-Sloveniya muloqoti bunga yorqin misoldir", – deya urg'ulangan nashrda
Qayd etilishicha, Urganch davlat universiteti va Primorska universiteti o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilgan va u yildan-yilga faollashib bormoqda. "Qo'shma ilmiy loyihalar tashkil etilmoqda, talabalar va o'qituvchilar ishtirokida akademik almashinuvlar yo'lga qo'yilgan, hamkorlik ko'lami tobora kengaymoqda. Urganch davlat universiteti talabalari Primorska universitetida amaliyot o'tab, o'z bilimlarini sezilarli darajada oshirmoqda. Bu hamkorlik Yevropa "Erazmus+" dasturlari doirasida faol qo'llab-quvvatlanmoqda. Urganch davlat universiteti nafaqat Primorska universiteti, balki Lyublyana universiteti bilan ham ishtirok etadi. "Erazmus+" dasturi talabalarga bebaho xalqaro tajriba beradi, ularning til va madaniy farqlar va o'xshashliklarni tushunishini chuqurlashtiradi hamda ularni jahon akademik standartlari bilan tanishtiradi – o'quv jarayonini yanada interaktiv va xalqaro yo'naltirilgan qiladi", – deya urg'ulangan materialda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi