TDTga a'zo davlatlar o'zaro savdo aylanmasini oshirish imkoniyatlarini o'rganmoqda
Aprel 16, 2025. 14:08 • 52 soniya
• 109
OSTONA, 16-aprel. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) mamlakatlari o'rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo'shma tadqiqotlar va strategik yechimlar" mavzusidagi xalqaro anjumanga doir maqolani tarqatdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Vengriya milliy tahlil markazlar vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalarda mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi, xususan, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun mavjud salohiyatdan to'liq foydalanish imkoniyatlari o'rganildi.
"O'tgan yili TDTga a'zo davlatlarning tashqi savdo aylanmasi 850 milliard dollarga yetdi, shundan 7 foizi tashkilotga a'zo davlatlar hissasiga to'g'ri keldi. Mutaxassislar bu darajani to'xtatmaslik kerakligini ta'kidladilar. Bunga erishish uchun turkiy davlatlar transport va logistika to'siqlarini bartaraf etishi, infratuzilmani rivojlantirishi va savdo sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishi kerakligi qayd etildi", – deyilgan maqolada.
"Kazinform" XAA konferensiya yakunlari bo'yicha Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo davlatlar tahlil markazlari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolanganini xabar qilgan. "Hujjat integratsiyani chuqurlashtirish va o'zaro savdoni ko'paytirishga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni o'rganish imkonini beradi", – deb yozilgan nashrda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi