O'zbekiston 2028-yilgacha o'z sun'iy yo'ldoshini koinotga uchiradi
Iyun 09, 2025. 15:57 • 38 soniya
• 148
OSTONA, 9-iyun. /"Dunyo" AA O'zbekiston 2028-yilgacha o'zining ilmiy-texnik sun'iy yo'ldoshini koinotga chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligining yozishicha, bu haqda O'zbekiston kosmik agentligi direktori o'rinbosari Muhiddin Ibrohimov ma'lum qilgan.
Muhiddin Ibrohimovga ko'ra, joriy yilda O'zbekistondan 7 nafar talaba Yaponiyaning Kyusyu texnologiya institutiga magistratura bosqichiga o'qishga yuboriladi.
– Ular o'qish davrida sun'iy yo'ldosh loyihasini ishlab chiqish, uni yig'ish va sun'iy yo'ldoshni koinotga uchirishga oid bilimlarni o'zlashtiradilar. Ayni paytda koinotga sun'iy yo'ldoshni uchirish uchun kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish kerakligini ham tushunishimiz kerak. Bizning rejamizga ko'ra, O'zbekiston 2028-yilgacha o'z sun'iy yo'ldoshini koinotga olib chiqadi, – O'zbekiston kosmik agentligi direktori o'rinbosari.
O'zbekiston tomoni Space X kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi