Logo

Slovakiya Bosh vazirining O'zbekistonga tashrifi Xitoy ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

Iyun 10, 2025. 16:57 • 57 soniya

34
Slovakiya Bosh vazirining O'zbekistonga tashrifi Xitoy ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

PEKIN, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi va "Jenmin jibao" gazetasida joriy yilning 8-10-iyun kunlari Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning O'zbekistonga rasmiy tashrifiga bag'ishlangan maqolalar e'lon qilindi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrlarning xabar berishicha, tashrif doirasida Ko'ksaroy qarorgohida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi.

"Tomonlar O'zbekiston va Slovakiya o'rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, – deyiladi nashrlarda. – Uchrashuv avvalida O'zbekiston rahbari bu galgi tashrif O'zbekiston-Slovakiya ko'p qirrali munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqichni ochayotganini alohida ta'kidladi".

Xitoy OAVga ko'ra, birinchi navbatda o'zaro yetkazib berish turlarini kengaytirish hisobiga tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. "Bu O'zbekistondan to'qimachilik, qishloq xo'jaligi, elektrotexnika, kimyo mahsulotlari, polimerlar, Slovakiyadan esa kauchuk, avtomobil butlovchi qismlari, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlarini yetkazib berishga taalluqlidir. Yakunda qabul qilingan qaror va kelishuvlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida keng qamrovli "yo'l xaritasi" qabul qilinishi to'g'risida kelishuvga erishildi", – deya urg'ulangan materiallarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish