O'zbekiston Prezidentining Sloveniyaga tashrifi Xitoy OAV diqqat markazida
May 22, 2025. 17:51 • 2 daq
• 59
PEKIN, 24-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning yetakchi "Kitay" jurnalida O'zbekiston Prezidentining joriy yil 21-22-may kunlari Sloveniyaga bo'lib o'tgan rasmiy tashrifiga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, ushbu tashrif O'zbekiston-Sloveniya diplomatik munosabatlari o'rnatilganining 30 yilligi arafasida bo'lib o'tmoqda. 1995-yil 16-yanvardan buyon ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib, barqaror dinamikani namoyish etmoqda. Xususan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.
O'zbekiston va Sloveniya o'rtasidagi siyosiy hamkorlik o'zaro hurmat va konstruktiv muloqot ruhida yana-da rivojlanish va chuqurlashish uchun salmoqli salohiyatga ega. Tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarini diversifikatsiya qilishga intilayotgan har ikki mamlakat o'zaro manfaatli almashinuv va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradigan umumiy nuqtalarni topmoqda. Nashrning yozishicha, Sloveniya Yevropa Ittifoqi a'zosi sifatida O'zbekistonning YEI bilan aloqalarini chuqurlashtirishga intilishida muhim hamkor hisoblanadi.
"Ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy o'zaro hamkorlik ham ijobiy dinamikani namoyish etmoqda, deb yozilgan maqolada. – Sloveniya Yevropa Ittifoqi a'zosi bo'lib, O'zbekiston uchun YEI bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish kontekstida strategik ahamiyatga ega. Sloveniya bilan hamkorlikni rivojlantirish investitsiyalarni jalb qilish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish va eksport bozorlarini kengaytirish uchun imkoniyatlar ochadi".
Xitoy OAVga ko'ra, diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan O'zbekiston va Sloveniya o'zaro hurmat va umumiy manfaatlarga asoslangan hamkorlikni yana-da mustahkamlashga intilyapti.
"Kitay" jurnalida chop etilgan maqola xulosasida, "O'zbekiston Prezidentining Sloveniyaga davom etayotgan tashrifining boy dasturi, oliy darajadagi rejalashtirilgan uchrashuvlar va muzokaralar, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarning yangi ufqlarini belgilab beradi, ularga ko'p qirrali va dinamik tus beradi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi