Xitoydan munosabat: IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi O'zbekiston iqtisodiyotiga global sarmoya oqimini jalb etishda muhim bosqich bo'ladi
Iyun 13, 2025. 17:26 • 55 soniya
• 65
PEKIN, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "CGTN" global televizion tarmog'ining ijrochi prodyuseri Chjan Xe "Dunyo" AA uchun intervyusida poytaxtimizda 9-11-iyun kunlari bo'lib o'tgan to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Ishonchim komilki, IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi O'zbekistondagi sarmoyaviy muhitni yana-da yaxshilash, mamlakat iqtisodiyotiga global sarmoya oqimini jalb etishda muhim bosqich bo'ladi.
O'zbekistonda keyingi yillarda soliq tizimini soddalashtirish, xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash, tashqi savdo rejimini liberallashtirish kabi yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar investorlar uchun yana-da qulay shart-sharoit yaratdi. Bu jarayon xorijiy sarmoyadorlar ishonchini barqaror davom ettirish va mustahkamlashda hal qiluvchi omil bo'lmoqda.
O'zbekiston sanoat, "yashil" energetika, qishloq xo'jaligi, axborot texnologiyalari, turizm kabi sohalarda katta salohiyatga ega. Forum doirasida mazkur tarmoqlarga bag'ishlangan sessiyalar doirasida yangi loyihalar taqdim etilishi kutilmoqda. Bu sarmoyalarni diversifikatsiya qilish va yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni baholash platformasi bo'lmish IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi yangi hamkorlar, loyihalar va strategik yo'nalishlarga salmoqli turtki berishi shubhasiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari