O'zbekiston tasviriy san'at galereyasida "Xotira" nomli grafika ko'rgazmasi ochildi
May 09, 2025. 12:45 • 50 soniya
• 54
TOSHKENT, 9-may. /"Dunyo" AA/. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O'zbekiston tasviriy san'at galereyasida "Xotira" nomli grafika ko'rgazmasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu badiiy loyiha tinchlik yo'lida ko'rsatilgan jasorat, mardlik va fidoyilikni yuksak qadrlashga qaratilgan bo'lib, O'zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ko'rgazmalar direksiyasi ko'magida tashkil etildi.
Ko'rgazma ekspozitsiyasida Qutlug Basharov, Lekim Ibragimov, Medat Kagarov, Nuriddin Kalanov, Gennadiy Jirnov, Georgiy Chiganov kabi mashhur rassomlar tomonidan yaratilgan 45 ta grafik asar namoyish etilmoqda. Ularda tarixiy xotira, insonparvarlik, fojiali voqeliklar va inson taqdiri teran va ta'sirchan ifoda etilgan.
Asarlarda ofort, linogravyura va litografiya kabi grafika turlariga xos ixcham va ta'sirli ifoda vositalari orqali o'tmishga murojaat, inson hissiyoti va jasorati aks ettirilgan.
Har bir asar o'tmish bilan muloqot, xotirani ruhiyat bilan anglash, qalbda saqlash zarurligini yodga soladi. "Xotira" ko'rgazmasi 8-iyungacha davom etadi.
Quyida mazkur ko'rgazmaning ochilish marosimidan "Dunyo" AA fotomuxbiri Yunus Bo'riyev tomonidan tayyorlangan suratlar turkumini e'tiboringizga taqdim etamiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi