Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 10-iyul

Iyul 10, 2025. 07:10 • 2 daq

56
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 10-iyul

Yilning 191-kuni. Yil yakunlanishiga 174 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

 

1992-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha xo'jalik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

O'zbekiston Xalqaro elektr aloqasi ittifoqiga a'zo bo'ldi.

2006-yil: O'zbekiston va Polsha hukumatlari o'rtasida "Bojxona ishlarida hamkorlik va o'zaro yordam to'g'risida"gi bitim imzolandi.

2009-yil: O'zbekiston Prezidentining "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

2014-yil: O'zbekiston Prezidenti Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2015-yil: O'zbekiston Prezidenti SHHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining Ufa shahrida bo'lib o'tgan majlisida ishtirok etdi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidentining "Tezyurar yo'lovchi poyezdlari harakatini tashkil etgan holda "Qarshi-Kitob" temir yo'l liniyasini elektrlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti SHHT Bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti byudjet mablag'laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Jahonda:

- Bagama orollarida "Mustaqillik kuni";

- Mavritaniyada "Qurolli kuchlar kuni";

- Mo'g'ulistonda Davlat bayrog'i qabul qilingan kun;

- Niderlandiyalik fizik Xeyke Kamerling-Onnes dunyoda birinchi marta suyuq geliy olishga muvaffaq bo'ldi (1908 yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish