"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 2-iyun
Iyun 02, 2025. 02:33 • 2 daq
• 84

Yilning 153-kuni. Yil yakunlanishiga 212 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1995-yil: O'zbekiston Prezidenti Jahon bankining mintaqaviy vakolatxonasi rahbarini qabul qildi.
1997-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Qozog'istonga keldi. Tashrif doirasida "Investitsiyalarni rag'batlantirish va o'zaro himoya qilish to'g'risida", "Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to'g'risida" va "Huquqiy axborotni ayirboshlash to'g'risida"gi hukumatlararo bitimlar imzolandi.
2004-yil: O'zbekiston va Slovakiya hukumatlari o'rtasida "Bojxona ishi sohasida o'zaro ko'maklashish to'g'risida"gi bitim imzolandi.
2015-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar mahkamasi Raisining o'rinbosari, tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorati qildi. Termiz shahrida Surxondaryo viloyati mahalliy kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar, nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik faollari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
2022-yil: Tojikiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Cho'lponota shahriga (Qirg'iziston) bordi. O'zbekiston Prezidenti Yevropa kengashi Prezidenti bilan muzokara o'tkazdi.
Jahonda:
- Ozarbayjonda "Fuqaro aviatsiyasi kuni";
- Italiyada "Respublika kuni";
- Bolgariyada "Xristo Botev va Bolgariya ozodligi uchun qurbon bo'lganlar kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi