"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 24-aprel
Aprel 24, 2025. 07:02 • 55 soniya
• 133

Yilning 114-kuni. Yil yakunlanishiga 251 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1992-yil: Toshkentda Hindistonning "O'zbekiston do'stlari" jamiyati va O'zbekiston xalqaro madaniy-ma'rifiy aloqalar Milliy uyushmasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi.
O'zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni tijorat banki Prezidenti Dalloh al-Barakni qabul qildi.
O'zbekiston va Latviya o'rtasida "Hamkorlik to'g'risida"gi hukumatlararo bitim imzolandi.
1997-yil: Prezident farmoni bilan O'zbekistonning Fransiya va Indoneziyadagi elchilari tayinlandi.
1998-yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) raisini qabul qildi.
Toshkentda kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga bag'ishlangan O'zbekiston-Yaponiya seminari bo'lib o'tdi.
2018-yil: Urganch tumanining G'oybu qishlog'ida O'zbek-turkman do'stlik uyi ochildi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Pekinga bordi.
2020-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida aholi bandligini ta'minlash va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklash masalalari muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Tatariston Raisi Rustam Minnixanovni qabul qildi.
Jahonda:
"Konsullik munosabatlari to'g'risida"gi Vena Konvensiyasi imzolangan (1963);
Birlashgan Millatlar tashkiloti "Butunjahon emlash haftaligi" e'lon qilindi;
AQShda "Gazlangan suv patentlangan kun" (1833);
Xitoyda "Kosmonavtika kuni";
Armanistonda "Arman genotsidini xotirlash kuni";
Mavrikiy Birlashgan Millatlar tashkilotiga a'zo bo'lgan kun (1968);
Hindistonda "Ayollarning siyosiy imkoniyatlarini kengaytirish kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi