"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 25-aprel
Aprel 25, 2025. 06:55 • 2 daq
• 54

Yilning 115-kuni. Yil yakunlanishiga 250 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1992-yil: O'zbekiston milliy aviakompaniyasi uchuvchilari Karachiga birinchi yo'lovchi reysini amalga oshirdilar.
1995-yil: O'zbekiston Prezidenti "N M Rothschild & Sons" banki raisi Evelin de Rotshildni qabul qildi.
Toshkent shahrida O'zbekiston va Rossiya hukumatlari o'rtasida "Soliq qonunlarini buzishlarga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik va axborot bilan almashib turish to'g'risida"gi bitim imzolandi.
1997-yil: Toshkentda Andijon – O'sh - Qashqar avtomobil yo'lini rekonstruksiya qilish va temir yo'l qurilishi bo'yicha xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi.
2006-yil: O'zbekiston Prezidentining taklifiga binoan Hindiston Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
2007-yil: O'zbekiston Prezidenti poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
2016-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ldi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti "Bir makon, bir yo'l" xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida "Huawei" kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi.
O'zbekiston Prezidenti Pekin shahrida o'zi uchun ajratilgan qarorgohda Belarus Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi.
O'zbekiston Prezidenti "Dyaoyuytay" qarorgohida Xalqaro valyuta jamg'armasi boshqaruvchi direktorini qabul qildi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Fransiya Prezidentini mamlakatda bo'lib o'tgan Prezident saylovida g'alaba qozongani bilan tabrikladi.
O'zbekiston Prezidenti Belarus Bosh vazirini qabul qildi.
O'zbekiston Prezidenti "INNOPROM. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko'rgazmasida ishtirok etish uchun Rossiya delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo'lib turgan Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya hukumati raisining o'rinbosari, sanoat va savdo vazirini qabul qildi.
O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahrida rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
Jahonda:
Birlashgan Millatlar tashkilotida "Xalqaro AKT sohasidagi qizlar kuni", "Xalqaro delegatlar kuni", "Butunjahon bezgakga qarshi kurashish kuni";
Italiyada "Natsizm va fashizm ustidan g'alaba qozongan kun";
Qozog'istonda "Futbol kuni";
Esvatini (Svazilend) "Milliy bayroq kuni";
Avstraliya va Yangi Zelandiyada "Vatan himoyachilari kuni";
AQShning Nyu-York shtatida dunyoda birinchi marotaba davlat raqamlari taqdim etildi (1901);
Ferdinand Porshe mashhur "Porsche" kompaniyasiga asos soldi (1931-yil).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi