"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 26-aprel
Aprel 26, 2025. 07:12 • 2 daq
• 75

Yilning 116-kuni. Yil yakunlanishiga 249 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1994-yil: Novosibirskda bo'lib o'tgan "Sibpushnina" xalqaro ko'rgazmasida o'zbek qorako'l terisidan tayyorlangan mo'ynali mahsulotlar oltin medal bilan taqdirlandi.
1996-yil: O'zbekiston va Venesuela o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
1997-yil: Toshkentda O'zbekiston, Xitoy va Qirg'iziston hukumatlari o'rtasida "Andijon-O'sh-Qashg'ar" avtomobil yo'lini qo'shma loyihalashtirish, qurish va foydalanish to'g'risida"gi bitim, shuningdek, "O'zbekiston temir yo'llari" davlat temir yo'l kompaniyasi, Xitoy temir yo'llari va Qirg'iziston transport va aloqa vazirligi o'rtasida ushbu yo'nalishda temir yo'l qurish bo'yicha qo'shma ilmiy-tadqiqot va loyihadan oldingi ishlar to'g'risida"gi memorandum imzolandi.
2007-yil: O'zbekiston va Gonduras o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
O'zbekiston Prezidenti Ukraina Bosh vazirini qabul qildi.
2017-yil: Davlatimiz rahbarining "O'zbekiston-Qozog'iston davlat chegarasi orqali o'tadigan "Oq oltin" va "Malik" nazorat o'tkazish punktlari ochilishi to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti ko'p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida turizm xizmatlari ko'lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizda tashrif bilan kelgan Italiya mudofaa vazirini qabul qildi.
O'zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.
O'zbekiston Prezidenti Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi.
Jahonda:
- BMTda "Xalqaro intellektual mulk kuni", "Xalqaro Chernobil halokatini xotirlash kuni";
- "Xalqaro uchuvchilar kuni";
- Armanistonda "Chegarachilar kuni";
- Rossiyada "Notarius kuni";
- Tataristonda "Ona tili kuni";
- Toshkentda 8,0 magnitudali vayronkor zilzila bo'lgan kun (1966-yil).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi