Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27-may

May 27, 2025. 07:20 • 54 soniya

56
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27-may

Yilning 147-kuni. Yil yakunlanishiga 218 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1996-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida "Do'stlik va hamkorlik to'g'risida"gi davlatlararo shartnoma, "Erkin savdo to'g'risida", "Ikki tomonlama soliq solishga yo'l qo'ymaslik hamda daromad (foyda)ga va mulkka soliqlar to'lashdan bo'yin tovlashlarning oldini olish to'g'risida"gi va boshqa hukumatlararo bitimlar imzolandi.

2009-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Braziliyaga bordi.

2014-yil: Latviya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

2015-yil: Davlatimiz rahbari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada bo'ldi.

2019-yil: Germaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti turizm va davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig'ilishida tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etdi.

2024-yil: O'zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Toshkent shahrida O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari raisligida O'zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo'lib o'tdi.

 

Jahonda:

- Nigeriyada "Bolalar kuni";

- Boliviyada "Onalar kuni";

- Qirg'iziston va Rossiyada "Kutubxona kuni";

- Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri tashkil etildi (1703 yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish