Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 29-aprel

Aprel 29, 2025. 07:06 • 2 daq

102
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 29-aprel

Yilning 119-kuni. Yil yakunlanishiga 246 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1993-yil: O'zbekiston Bosh vaziri Shveysariyaning "Siba-Geygi" farmatsevtika kimyoviy konsernining mintaqaviy direktori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

1994-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

1996-yil: Prezident farmoni bilan "O'zbekkino" davlat aksionerlik kompaniyasini tuzildi.

2002-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahar qurilish kompleksini boshqarishni takomillashtirish masalalari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

2004-yil: "Qizil Yarim oy va Qizil Xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Qonuni qabul qilindi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Janubiy Qozog'iston viloyatiga tashrif buyurdi va Qozog'iston Prezidenti bilan amaliy uchrashuv o'tkazdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidentining Xitoy Raisi bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

Ashxobod shahrida O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ikki davlat rahbarlari "Turkmanboshi ruhi" majmuasiga tashrif buyurdilar.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish bo'yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

O'zbekiston Prezidenti raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Jahonda:

- Qirg'izistonda "Bishkek shahri kuni";

- Daniya malikasi Benediktaning tug'ilgan kuni;

- Berlinda dunyodagi birinchi eksperimental trolleybus yo'li ochildi (1882 y.).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish