"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 29-may
May 29, 2025. 07:07 • 2 daq
• 60

Yilning 149-kuni. Yil yakunlanishiga 216 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1992-yil: O'zbekiston va Baxrayn o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
1996-yil: O'zbekiston Prezidenti Jahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktorini qabul qildi.
1997-yil: Toshkentda Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi boshqaruvining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2003-yil: O'zbekiston Prezidenti Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ishtirokchi-davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etdi.
2009-yil: O'zbekiston Prezidenti Rio-de-Janeyro meri bilan uchrashdi.
2015-yil: O'zbekiston MDH doirasida "O'lchov vositalari turini tasdiqlash, metrologik sertifikatlash, tekshirish va kalibrlash maqsadida sinov natijalarini o'zaro tan olish to'g'risida"gi bitimni imzoladi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Al-Minya viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko'plab begunoh insonlarning qurbon bo'lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Prezidentiga hamdardlik bildirdi.
O'zbekiston Prezidentining Turkmaniston, Qozog'iston, Rossiya, Xitoy mamlakatlariga tashriflari davomida hamda Turkiya rahbari bilan o'tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlari yakunlari bo'yicha imzolangan bitimlar, shartnomalar va muayyan sohalarda o'zaro sheriklikni rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish jarayonining holatini tahlil qilish va baholashga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo'shimcha tushumlarni ta'minlash, qishloq xo'jaligida g'o'za parvarishi, g'alla o'rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o'tkazish bilan bog'liq bugungi kunda g'oyat dolzarb bo'lib turgan masalalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2020-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo'shimcha tushumlarni ta'minlash, qishloq xo'jaligida g'o'za parvarishi, g'alla o'rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o'tkazish bilan bog'liq bugungi kunda g'oyat dolzarb bo'lib turgan masalalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Misrning "Orascom Investment Holding" kompaniyasi raisini qabul qildi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti "Asakabank" va Biznesni rivojlantirish bankining investitsiya faoliyati hamda kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlashga oid taqdimoti bilan tanishdi.
Jahonda:
- "Xalqaro BMT tinchlikparvar kuchlari kuni";
- Argentinada "Quruqlikdagi kuchlar kuni";
- Qirg'izistonda "Qurolli kuchlar kuni";
- Rossiyada "Bojxona xizmati faxriylari kuni";
- Turkmanistonda "Ichki ishlar xodimlari kuni";
- AQSh Prezidentining rasmiy bayrog'i tasdiqlangan kun (1916-yil);
- Vengriyada Bosh vazir Viktor Orban lavozimga kirishdi (2010-yil).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi