Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 3-iyul

Iyul 03, 2025. 07:16 • 1 daq

47
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 3-iyul

Yilning 184-kuni. Yil yakunlanishiga 181 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1993-yil: Toshkent davlat yuridik institutida birinchi akademik-huquqshunos o'zbek ayoli Xadicha Sulaymonova muzeyi ochildi.

1996-yil: Toshkentda Xitoy va O'zbekiston hukumatlari o'rtasida "Daromaddan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qo'llanishining oldini olish to'g'risida"gi bitim imzolandi.

1998-yil: O'zbekiston va Latviya hukumatlari o'rtasida "Ikki marta soliq solishga yo'l qo'ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to'lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to'g'risida"gi Konvensiya va "Latviya Respublikasi portlaridan O'zbekiston Respublikasi yuklarini ishlash va transportirovka qilish uchun foydalanish to'g'risida"gi bitim imzolandi.

2003-yil: O'zbekiston Prezidenti AQSh elchisining O'zbekistondagi missiyasi yakunlanishi munosabati bilan qabul qildi.

2007-yil: O'zbekiston Prezidenti Islom taraqqiyot banki prezidenti boshchiligidagi Arab muvofiqlashtirish guruhi delegatsiyasini qabul qildi.

2009-yil: O'zbekiston Prezidenti Ispaniya tashqi ishlar va hamkorlik vazirini qabul qildi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Seul shahri merini qabul qildi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (YEXHT DIIHB) missiyasi rahbarini qabul qildi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo'nab ketdi.

 

Jahonda:

- Belarusda "Mustaqillik kuni";

- Rossiyada "Ta'lim kuni";

- Virjiniya orollarida "Qullik bekor qilingan kun".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish