"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 3-may
May 03, 2025. 07:34 • 2 daq
• 236

Yilning 123-kuni. Yil yakunlanishiga 242 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1993-yil: Qo'qonda O'zbekiston pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalarining birinchi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi ochildi.
1994-yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiya elchisini qabul qildi.
O'zbekistonda tennis bo'yicha "Buyuk ipak yo'li" deb nomlangan xalqaro musobaqa ochildi.
1996-yil: O'zbekiston Prezidenti Filippin, Norvegiya va Qirg'iziston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
2010-yil: O'zbekiston Prezidenti Xitoy moliya vazirini hamda Yaponiya Bosh vazirining o'rinbosari, moliya vazirini qabul qildi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo'yicha qo'mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O'zbekiston Prezidenti Namangan shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Ichki ishlar vazirligining Vaziyat-tahlil markazida bo'ldi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti va Germaniya Prezidenti Berlin shahridagi jahonga mashhur Jeyms Simon galereyasida "O'zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha" nomli noyob ko'rgazmani ochdilar.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisidagi nutq so'zladi.
O'zbekiston Prezidenti Amerika-O'zbekiston savdo palatasi raisi boshchiligidagi Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyani, shuningdek, Misrning "Orascom Investment Holding" kompaniyasi raisini qabul qildi.
Jahonda:
- "Jahon matbuoti erkinligi kuni";
- Polsha va Yaponiyada "Konstitutsiya qabul qilingan kun";
- Polshada "Qirolicha Deva Mariya kuni";
- Turkiyada "Turkiylar birdamligi kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi