"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 4-iyul
Iyul 04, 2025. 07:03 • 2 daq
• 64

Yilning 185-kuni. Yil yakunlanishiga 180 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1997-yil: Bryusselda "Yevropa Ittifoqi - O'zbekiston" qo'shma qo'mitasining uchinchi majlisi bo'lib o'tdi.
1999-yil: Navoiy viloyatida musiqiy-she'riy badihago'ylik san'ati ustalari – oqinlarning respublika festivali yakunlandi.
2005-yil: O'zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining sammitida ishtirok etish uchun Qozog'istonga jo'nab ketdi.
2007-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya hukumati raisining birinchi o'rinbosarini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Vazirlar Mahkamasining ayrim komplekslari faoliyati yakunlari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti o'zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchisini qabul qildi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti SHHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Ostona shahrida "SHHT plyus" formatining "Ko'p tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyot sari intilish" mavzusidagi uchrashuvida ishtirok etdi.
Jahonda:
- AQShda "Mustaqillik kuni";
- Norvegiyada qirolicha Sonya Xaraldsen tug'ilgan kun;
- Ruandada "Ozodlik kuni";
- Ukrainada "Sud eksperti kuni";
- Italiyada "Juzeppe Garibaldi kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi