"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 5-avgust
Avgust 05, 2025. 07:08 • 45 soniya
• 46

Yilning 217-kuni. Yil yakunlanishiga 148 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
2003-yil: O'zbekiston Prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi.
2009-yil: O'zbekiston Prezidentiga Gruziya va Buyuk Britaniyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilari ishonch yorliqlarini topshirdi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o'zaro chegaradosh bo'lgan tumanlari hududlarini o'zgartirish bo'yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
O'zbekiston Prezidenti energetika, transport, kommunal xo'jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish maqsadida Turkmanistonga jo'nab ketdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Jahonda:
- Eronda "Islom inson huquqlari kuni";
- Xorvatiyada "G'alaba, Vatanga minnatdorchilik va Xorvatiya himoyachilari kuni";
- AQShda dunyoda birinchi radio signal bilan boshqariladigan avtomobil sinovdan o'tkazilgan kun (1921-yil).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi