Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 5-may

May 05, 2025. 07:05 • 53 soniya

51
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 5-may

Yilning 125-kuni. Yil yakunlanishiga 240 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1992-yil: Toshkentda O'zbekiston Fanlar akademiyasining yillik yig'ilishi bo'lib o'tdi.

2011-yil: Turkmaniston Prezidenti rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi. "Ilmiy-texnologik hamkorlik to'g'risida" hukumatlararo bitim imzolandi.

2014-yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiya Bosh vazirining o'rinbosari, moliya vazirini qabul qildi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

O'zbekiston Prezidenti Qozog'iston Bosh vaziri, Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari hamda qo'shma Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik masalalari va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo'yicha vazir-delegatini qabul qildi.

Jahonda:

- "Butunjahon portugal tili kuni";

- "Xalqaro nogironlar huquqlarini himoya qilish kuni";

- "Xalqaro doyalar kuni";

- Avstriyada "Zo'ravonlik va irqchilikka qarshi kurashish kuni";

- Belarusda "Matbuot kuni";

- Daniya va Niderlandiyada "Ozodlik kuni";

- Qirg'izistonda "Konstitutsiya qabul qilingan kun";

- Taylandda "Toj kiyish kuni";

- Yaponiyada "Bolalar kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish