Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 7-iyul

Iyul 07, 2025. 07:05 • 42 soniya

83
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 7-iyul

Yilning 188-kuni. Yil yakunlanishiga 177 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2002-yil: O'zbekiston Prezidenti Oqtov shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida ro'y bergan tabiiy ofat tufayli ko'plab insonlar qurbon bo'lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirish hamda hududlarda enoturizmni yo'lga qo'yish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko'rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro suaxili tili kuni";

- Solomon orollarida "Mustaqillik kuni";

- Tanzaniyada "Qishloq xo'jaligi kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish