Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 8-iyul

Iyul 08, 2025. 07:19 • 45 soniya

65
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 8-iyul

Yilning 189-kuni. Yil yakunlanishiga 176 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1994-yil: O'zbekiston va Kuvayt o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.

2003-yil: O'zbekiston Prezidenti Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Niderlandiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Namangan shahrining Uychi ko'chasini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish, rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiyaning markaziy va janubi-g'arbiy hududlarida ro'y bergan suv toshqini oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani va talafotlar yetgani munosabati bilan ushbu mamlakat Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti videoselektor yig'ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to'xtalib o'tdi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo'mitasi Raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Jahonda:

- "Butunjahon allergiyaga qarshi kurashish kuni";

- Rossiyada "Butunrossiya oila, sevgi va sadoqat kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish