Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 9-iyul

Iyul 09, 2025. 07:11 • 42 soniya

85
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 9-iyul

Yilning 190-kuni. Yil yakunlanishiga 175 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1995-yil: Turkiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

2007-yil: O'zbekiston Prezidenti Xitoy moliya vazirini qabul qildi.

2015-yil: O'zbekiston Prezidenti Ufa shahrida bo'lib o'tgan SHHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Xitoyning janubiy va sharqiy muzofotlarida ro'y bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani va vayronagarchiliklar yuzaga kelgani munosabati bilan Xitoy Raisiga hamdardlik maktubi yo'lladi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo'lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorini qabul qildi.

 

Jahonda:

- Ozarbayjonda "Diplomatik xizmat organlari xodimlari kuni";

- Argentinada "Mustaqillik kuni";

- Qozog'istonda "Suv xo'jaligi xodimlari kuni";

- Panamada "Qurbonlar xotirasini yod etish kuni";

- Janubiy Sudanda "Mustaqillik kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish