"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 9-may
May 09, 2025. 07:30 • 2 daq
• 61

Yilning 129-kuni. Yil yakunlanishiga 236 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
Xotira va qadrlash kuni
1998-yil: O'zbekiston Prezidenti Olmaotada Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining beshinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
2002-yil: Germaniya Kansleri rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.
2011-yil: O'zbekiston Prezidenti Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'ydi, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
2020-yil: Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Chilonzor tumanida barpo etilgan Ikkinchi perinatal markazni borib ko'rdi.
G'alaba bog'idagi amfiteatrda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Prezidenti Shon-sharaf muzeyidagi yangi ekspozitsiya bilan tanishdi.
2022-yil: Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 77 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar rahbarlari va taniqli siyosiy arboblaridan, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar keldi.
O'zbekiston Prezidenti 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G'alaba bog'iga tashrif buyurdi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Moskvaga amaliy tashrifi doirasida Qirg'iziston Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida G'alabaning 79 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
Jahonda:
- Rossiya, Belarus, Moldova, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston, Qirg'iziston, Tojikiston, Bosniya va Gersegovina, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya va Isroilda "G'alaba kuni";
- Yevropa Ittifoqi, Kosovo, Moldova va Ukrainada "Yevropa kuni";
- Germaniya NATOga qabul qilingan kun.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi