Germaniyadagi yosh vatandoshlar palov tayyorlash bo'yicha bellashdilar
Iyun 30, 2025. 14:52 • 55 soniya
• 68
FRANKFURT-MAYN, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. 30 iyun – O'zbekiston yoshlari kuni bayrami arafasida Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida yosh vatandoshlar ishtirokida "Palov festivali" o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbek milliy oshxonasining asosiy taomi bo'lgan palov tayyorlash bo'yicha o'tkazilgan mazkur festivalda Germaniyaning turli oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan, shuningdek, xizmat ko'rsatish, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, avtomobilsozlik va boshqa yo'nalishlarda faoliyat yuritayotgan, turli malaka oshirish dasturlari qatnashayotgan o'zbekistonlik yoshlar ishtirok etdi.
Ular palov tayyorlash bo'yicha o'zaro bellashdilar. Shuningdek, festival davomida o'zbek milliy o'yinlari, ko'rgazmali chiqishlar tashkil etildi.
Yig'ilganlarga mamlakatimiz rahbariyati tomonidan yurtimiz yoshlariga munosib sharoitlarni yaratib berish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha hayotga tadbiq etilayotgan dasturlar to'g'risida so'zlab berildi.
Germaniyadagi vatandoshlarni, xususan yoshlarimizni birlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ayni paytda O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Germaniya bo'ylab "O'zbekistonlik yoshlar klubi", "Humo", "Karavan", "70" kabi nemis-o'zbek madaniy birlashmalari faol faoliyat ko'rsatayotgani, shuningdek, "Baxtiyor oila", "Yuzuk", "O'zbegoyim" va boshqa loyihalar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.
Festival yakunida Germaniyaning turli shaharlarida O'zbekistonga oid turli mavzularda tadbirlarni birgalikda tashkil etish, o'zbek madaniyati, tili, tarixi va boy merosini keng targ'ib qilish hamda futbol turnirlarini o'tkazish bo'yicha kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi