Varshavada O'zbekiston bayrog'i qabul qilingan sana munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
Noyabr 19, 2024. 20:25 • 1 daq
• 1025
VARSHAVA, 19-noyabr. /"Dunyo" AA/. Yurtimizning Polshadagi elchixonasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kunga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Varshava shahridagi Vistula universitetida o'tkazilgan tadbirda ilmiy doira vakillari, O'zbekiston, Qirg'iziston, Polsha va Belarusdan kelib tahsil olayotgan talabalar va boshqalar ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy mavzusi O'zbekistonning boy madaniyati va tarixi, shuningdek, davlat ramzlarining milliy o'zlikni anglash va xalqaro maydonda respublika imijini mustahkamlashdagi ahamiyati bo'ldi.
Anjumanda so'zga chiqqan Polsha olimlari o'z tadqiqotlari va O'zbekiston bilan bog'liq shaxsiy tajribalari bilan o'rtoqlashib, o'zbek madaniyati haqidagi fikrlarini bildirishdi.
Tadbirning o'ziga xos jihatlaridan biri xorijiy talabalarning o'zbek tilida o'zbek shoirlari va yozuvchilarining she'rlari hamda asarlarini o'qib berishlari bo'ldi. Bu ularning O'zbekiston madaniyatiga bo'lgan qiziqishi va hurmatini yana-da yorqin namoyon qildi.
Shuningdek, O'zbekiston bayrog'i tarixi, uning milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqidagi batafsil so'zlab berildi. Tadbir doirasida O'zbekiston milliy naqshlari, gilamlari, idishlari, an'anaviy liboslari, taomlari va fotosuratlari namoyish etilgan ko'rgazma tashkil etildi.
Ishtirokchilar bunday tadbirlar xalqlar o'rtasida muloqotni rivojlantirish, madaniy merosni keng ommaga tanitish va yangi hamkorlik yo'nalishlarini belgilab olishda hissa qo'shishini ta'kidladilar.
Tadbir yakunida birgalikda madaniy tadbirlar va ta'limga oid qo'shma dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi