Misr kompaniyasi O'zbekistonda farmatsevtika sohasida qo'shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganmoqda
Yanvar 17, 2025. 19:00 • 2 daq
• 180
QOHIRA, 19-yanvar. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi mutasaddilari va Misrning "ACDIMA" farmatsevtika kompaniyalar guruhi rahbari Ulfat G'urab hamda mazkur guruh tarkibidagi korxonalar rahbarlari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida mazkur kompaniya delegatsiyasining 2024-yil 23-25-dekabr kunlari O'zbekistonga qilgan safari natijalari, o'zbek tomoni bilan erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya dori vositalari va mahsulotlarini mamlakatimizda ro'yxatdan o'tkazish, farmatsevtika bozoriga kirish, biznes faoliyatini boshlash bilan bog'liq huquqiy-tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Misr tomoni O'zbekiston farmatsevtika bozorini tahlil qilish natijalariga ko'ra, har yili mamlakatga qiymati 1 milliard dollarlik 55 turdagi dori vositalari import qilinishini ma'lum qildi.
Mazkur dorilarning aksariyati "ACDIMA" kompaniyalar guruhi tomonidan Misrda ishlab chiqarilishi, ularning narxlari esa boshqa xorijiy farmatsevtika korxonalari narxlaridan ancha arzonligi va sifatli ekanligi qayd etildi. Shu o'rinda, Misr kompaniyasi bilan farmatsevtika sohasida qo'shma loyihani amalga oshirish orqali ushbu turdagi dori-vositalari narxini sezilarli darajada arzonlashtirish mumkinligi ta'kidlandi.
Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari va kompaniya mahsulotlarini ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish maqsadida kompaniya ishchi guruhining joriy yil 10-15 fevral kunlari O'zbekistonga safarini tashkil qilish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi