O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkorlari 42,4 million dollarlik eksport bitimlarini imzoladi

Iyul 24, 2026. 09:00 • 2 daq

117

O‘SH, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning 300 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur forumda mamlakatimiz Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes assotsiatsiyasi, O‘sh shahridagi Bosh konsulxona, O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, hamkor tashkilotlar hamda ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘sh shahri meri Janar Akayev, Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasining O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari bo‘yicha rahbari Kantoro Turdubayev, Tadbirkorlar uyushmasi vakili Shavkat Muhamedjanov, mahalliy ishbilarmonlar va turizm kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Forumning rasmiy qismida so‘zga chiqqan O‘sh shahri meri Janar Akayev O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Uning qayd etishicha, ikki mamlakat rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli o‘zaro munosabatlar izchil rivojlanmoqda. Davlat chegarasiga oid masalalarning hal etilgani esa ikki xalq o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga O‘zbekistonning investitsiya salohiyati haqida videotaqdimot namoyish etildi. Shundan so‘ng ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida B2B formatida uchrashuvlar va muzokaralar tashkil qilindi.

Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini oshirish, eksport-import operatsiyalarini kengaytirish, qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, qator amaliy kelishuvlarga erishildi.

Forum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Qirg‘izistonga eksport qilish bo‘yicha umumiy qiymati 42,4 million AQSh dollariga teng shartnomalar imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish