O'zbekistonlik pianinochi Singapurda konsert dasturini namoyish qildi
Aprel 15, 2025. 16:37 • 44 soniya
• 81
SINGAPUR, 15-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonlik taniqli pianinochi Behzod Abduraimov 11-12-aprel kunlari Singapurdagi "Esplanade" konsert zalida chiqish qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jahonga mashhur asarlarni ijro etgan Behzod Abduraimov singapurlik san'at ixlosmandlarining takror va takror olqishlariga sazovor bo'ldi.
Singapur simfonik orkestri jo'rligida ijro etilgan musiqiy kompozitsiyalarning yuksak ijrosi ularni bir nafasda tinglash imkonini berdi.
Mahalliy musiqashunoslar ham Behzodning mahoratini yuksak baholadilar.
Ta'kidlash joizki, mazkur konsert dasturida yana bir vatandoshimiz, iste'dodli violonchelchi Jamshid Saidkarimov ham ishtirok etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi