Istanbulda o'zbek madaniyati targ'ibotiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi
Noyabr 20, 2025. 17:18 • 52 soniya
• 123
ISTANBUL, 20-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning boy madaniy-ma'rifiy va tarixiy merosini keng jamoatchilik orasida targ'ib qilish maqsadida Istanbul Madaniyat universitetida tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, o'zbekistonlik va Markaziy Osiyolik talaba yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatimizning boy tarixiy yodgorliklarini aks ettiruvchi rasmlar ko'rgazmasi hamda milliy baxshichilik san'ati namoyish qilindi.
Hamyurtlarmiz xalqimizning ma'naviy merosi, an'analari, urf-odatlari, adabiyoti, san'ati haqida alohida to'xtalib o'tdi. Har bir xalq, avvalo, o'z tili, milliy urf-odat va an'analari, o'ziga xos turmush tarzini targ'ib qilish lozimligi ta'kidlandi.
Tadbirda yozilgan o'zbek dasturxoni va milliy ta'omlar hamda madaniy-ma'rifiy dasturlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi