O'zbekiston ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'quvchilari tomonidan chizilgan rasmlar Tokioda namoyish qilinmoqda
Yanvar 28, 2025. 13:00 • 2 daq
• 313
TOKIO, 28-yanvar. /"Dunyo" AA/. Yaponiya poytaxtidagi Milliy san'at saroyida joriy yilning 23-yanvar -2-fevral kunlari bo'lib o'tayotgan "San'at - chegara oshib" nomli rasmlar ko'rgazmasida O'zbekiston bolalari rasmlari burchagi tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston bolalari rasmlarining namoyishi mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Xalqaro Sumiye jamiyati bilan birgalikda uyushtirildi.
Ushbu ko'rgazmada 35 ta mamlakatdan yig'ilgan 500 dan ortiq san'at asarlari namoyish qilmoqda. O'zbekiston burchagi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalari o'quvchilari tomonidan chizilgan 30 ta rasmlar bilan bezatildi. Rasmlarda yurtimiz tabiatining go'zalligi, madaniy merosi, milliy liboslari, shuningdek, mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylari tasvirlangan.
Ko'rgazmaning ochilish marosimida O'zbekiston diplomatlari ishtirok etib, tashkilotchilarga ko'p yillardan buyon Yaponiyaning markaziy san'at saroylaridan birida o'zbek bolalari tomonidan chizilgan rasmlari orqali yurtimiz madaniyati va urf-odatlarini yapon hamjamiyatiga keng namoyish qilish imkoniyati yaratib berilayotganligi uchun minnatdorlik bildirdilar.
Shuningdek, xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etish o'zbekistonlik yoshlarni ruhlantirib, ularning yana-da samarali ijod qilishida keng imkoniyatlar ochib berishi qayd etildi.
Ko'rgazma tashkilotchisi, Xalqaro Sumiye jamiyati raisi, taniqli yapon rassomi Toxun Kobayashi O'zbekiston o'quvchilarining ijodiy mashqlarini e'tirof etdi.
"Tokioning markazida joylashgan mashhur Milliy san'at saroyida 22-bor o'tkazilayotgan "San'at - chegara oshib" nomli rasmlar ko'rgazmasi 23-yanvardan o'z ishini boshladi. Ushbu yirik ko'rgazmaning "Bolalar rasmlari" qismida doimiy ravishda O'zbekiston maktab o'quvchilarining rasmlari namoyish qilinmoqda. Tashrif buyuruvchilar o'zbekistonlik
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi