O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida kechayotgan muhim yangiliklar Saudiya Arabistoni OAV nigohida
Fevral 22, 2025. 11:15 • 2 daq
• 75
AR-RIYOZ, 22-fevral. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalari O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida kechayotgan yangiliklarni keng yoritib bormoqda deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Masalan ushbu mamlakatning "Arab News" va "Saudi Press Agency" axborot agentliklari, "Okaz" elektron nashri va "Sahm News" gazetasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani haqidagi maqolalar e'lon qilindi.
"Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O'zbekiston rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Vazir, shuningdek, Podshohning ko'p millatli O'zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka'ba yopinchig'i kisvaning bir parchasini topshirdi", – deb yozgan Saudiya OAV.
Maqolalarda O'zbekiston yetakchisi, o'z navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratchilarimizning musulmon dunyosi markazlari - Makka va Madinada bo'lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirgani ta'kidlangan.
"Saudi Press Agency" axborot agentligi esa Islom taraqqiyot banki va O'zbekiston o'rtasida ta'lim hamda yo'l infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha moliyaviy kelishuvlar imzolangani haqida yozdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi