"China Investment" jurnali: Yangi O'zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti dasturi amalga oshirilmoqda
Noyabr 01, 2024. 09:04 • 2 daq
• 105
PEKIN, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning yetakchi "China Investment" jurnalida iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayevning "O'zbekistonning yangi eksport strategiyalari" sarlavhali maqolasi ingliz va xitoy tillarida chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda joriy yarim yillik yakunlariga ko'ra, O'zbekiston 186 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgani, tashqi savdo aylanmasi hajmi 31,8 milliard AQSh dollariga yetgani ma'lum qilingan. Bunda eksport hajmi 13 milliard dollarga teng bo'lib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 foiz o'sish kuzatildi.
Mamlakat eksporti yo'nalishida Xitoy 18,5 foizlik ulush bilan yetakchilik qilmoqda. Bu borada Rossiya, Qozog'iston, Turkiya va Janubiy Koreya kabi davlatlar boshqalarga nisbatan salmoqli ulushga ega.
"Statistika agentligi ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunda O'zbekiston eksportyorlari soni 5 682 taga yetgan. Ular tomonidan o'tgan yarim yilda qariyb 8,7 milliard dollarlik (nomonetar oltindan tashqari) tovar va xizmatlar eksport qilingan. Mazkur qiymat 2023-yilning mos davriga nisbatan 10,9 foizga ko'p", – deyiladi maqolada.
Muallifning ta'kidiga ko'ra, agar "O'zbekiston – 2030" strategiyasiga e'tibor qaratilsa, unda milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo'shilgan qiymati yuqori bo'lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olinganini guvohi bo'lamiz.
Maqolada, shuningdek, Yevropa davlatlariga "GSP+" va boshqa tizimlari doirasida tayyor va texnologik mahsulotlar eksporti kengaytirilishi ta'kidlangan.
"Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni 10 barobarga oshirilib, ular soni 5 mingtaga yetkaziladi. Dunyoning 50 ta nufuzli brendlari bilan maxsus iqtisodiy zonalar tashkil qilinib, "Yangi O'zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti" g'oyasi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqadigan eksportchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlanadi", – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida