"Аргументы недели": O'zbekistonda X Toshkent xalqaro zamonaviy san'at biyennalesi o'tkaziladi
Iyun 28, 2024. 07:41 • 2 daq
• 216
MOSKVA, 28-iyun. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning "Argumenti nedeli" gazetasida "O'zbekiston poytaxtida X Toshkent xalqaro zamonaviy san'at biyennalesi "San'at va dunyo" mavzusida o'tkaziladi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada xabar qilinishicha, shu yil 14-18-oktyabr kunlari X Toshkent xalqaro zamonaviy san'at biyennalesi bo'lib o'tadi.
Nashrda qayd etilganidek, 2001-yildan buyon har ikki yilda bir marta o'tkazilayotgan mazkur biyennale tasviriy san'at sohasida madaniy almashinuv, turli mamlakatlar zamonaviy ijodiy salohiyati bilan tanishish, zamonaviy san'atning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun ochiq maydon hisoblanadi.
Muallifning ta'kidlashicha, bu yilgi biyennale "San'at va dunyo" mavzusida tashkil etiladi.
"Biyennaleda taqdim etiladigan asarlar insonparvarlik qadriyatlarini qo'llab-quvvatlovchi turli badiiy ifodalarni aks ettiradi. Madaniy anjuman mavzusi ekologiya, madaniyat, bag'rikenglik, zamonaviy sharqshunoslik, sun'iy intellekt, texnogen sivilizatsiya va insonning ichki dunyosi kabi tushunchalar haqida fikr yuritish imkonini beradi", – deb yozgan "Argumenti nedeli" gazetasi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi