BMT Bosh Assambleyasi O'zbekiston va Kongo tashabbusi bilan "O'rmonlarni o'stirish va qayta tiklash bo'yicha harakatlar o'n yilligi" rezolyutsiyasini qabul qildi
Aprel 22, 2025. 08:58 • 50 soniya
• 68
NYU-YORK, 22-aprel. /"Dunyo" AA/. Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy veb-saytida O'zbekiston va Kongo tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "O'rmonlarni o'stirish va qayta tiklash bo'yicha harakatlar o'n yilligi" rezolyutsiyasi qabul qilinganiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada O'zbekistonning milliy, mintaqaviy va global miqyosda o'rmon va daraxt ekish masalalarini ilgari surishdagi yetakchi roli qayd etilgan.
"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda besh yil davomida bir milliard ko'chat o'tqazish ko'zda tutilgan "Yashil makon" umummilliy dasturi amalga oshirilmoqda. Ekilgan daraxtlar qum bo'ronlarini kamaytirish, ekotizimni yaxshilash va mahalliy aholi uchun daromad manbalarini yaratishga yordam beradi", – deyilgan nashrda.
Shuningdek, hujjatda O'zbekiston tashabbusi bilan 2024-yil avgust oyida Bosh Assambleya tomonidan tasdiqlangan "Degradatsiyaga uchragan va qurg'oq hududlarda barqaror o'rmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targ'ib qilish – ekologik muammolarga qarshi kurashning samarali yechimi" rezolyutsiyasi ham qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida