Logo

Qozog'iston OAV: O'zbekistonning nominal YIM hajmi 101,6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi

Avgust 05, 2024. 19:17 • 2 daq

132
Qozog'iston OAV: O'zbekistonning nominal YIM hajmi 101,6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi

OSTONA, 6-avgust. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning ommabop "Infozakon" elektron nashrida "XVJ baholashiga ko'ra, O'zbekistonning YIM hajmi 101,6 milliard dollarni tashkil etdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

2023-yilda Xalqaro valyuta jamg'armasi olib borgan baholash natijalariga ko'ra, O'zbekistonning nominal YIM hajmi 125,6 trillion so'm (10,7 milliard AQSh dollari)ga oshib, 1 192,2 trillion so'm (101,6 milliard dollar)ni tashkil etdi, deb ta'kidlagan elektron nashr.

"Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Statistika agentligi va Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari ekspert va ilmiy doiralarda muhokama qilindi, – deb yozilgan maqolada. – Tadqiqotning asosiy maqsadi O'zbekistonda "kuzatilmaydigan iqtisodiyot" hajmini baholash natijalarini muhokama qilish va uning boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'sirini o'rganishdan iborat".

Maqolada qayd etilganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov, tadbirni ochib, ishtirokchilarni O'zbekistonda iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan islohotlar haqida xabardor qildi. U norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni mavjud salohiyatni aniqlash va samarali davlat siyosatini ishlab chiqish uchun muhim instrument sifatida ta'kidladi.

"Yig'ilgan ma'lumotlar asosida norasmiy va yashirin iqtisodiyotning hajmi hamda uning YIMga ta'siri sohalar va hududlar bo'yicha 2017-2023-yillar uchun baholandi. Bu esa mamlakatda "kuzatilmaydigan iqtisodiyot"ning ko'lami va uning umumiy iqtisodiy faoliyatga ta'sirini aniqlash imkonini berdi", – deyiladi maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish