“Il Sole 24 Ore” gazetasi: O‘zbekiston o‘zining boy maʼnaviy-tarixiy merosi bilan dunyo eʼtiborini tortmoqda
May 06, 2026. 11:55 • 2 daq
• 228
RIM, 6 may. /“Dunyo” AA/. Italiyaning yetakchi “Il Sole 24 Ore” gazetasida O‘zbekistonning sayyohlar va ziyoratchilar uchun jozibador markaz sifatidagi roli tobora ortib borayotgani xususida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, mamlakat meʼmoriy obidalarni, jumladan, Samarqanddagi Registon maydonini restavratsiya qilish bilan bir qatorda, o‘zining diniy merosini faol tiklamoqda va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirmoqda.
Toshkentda muzey, kutubxona va tadqiqot maydonchalarini birlashtirgan keng ko‘lamli madaniy-ilmiy majmua – Islom sivilizatsiyasi markazi ochilgan. Ushbu yirik loyiha 2018 yilda boshlangan bo‘lib, tarixiy merosni zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.
Markazda minglab eksponatlar, jumladan, nodir qo‘lyozmalar va VII asrga oid Usmon Qurʼoni mavjud. Infratuzilma raqamli texnologiyalar, multimedia yechimlari va tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik tizimlaridan foydalangan holda xalqaro muzey standartlariga muvofiq jihozlangan.
Markaz infratuzilmasi yuqori xalqaro standartlarga javob beradi: minglab eksponatlar raqamlashtirilgan va bir necha tillarda multimedia kontenti bilan taʼminlangan. Tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy texnologik yechimlar, jumladan, robotlashtirilgan gidlar va ko‘rish qobiliyati cheklangan odamlar uchun navigatsiya tizimlari mavjud.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi