Misr ommaviy axborot vositalari Abdulla Qodiriy asarlarining o'zbek kino san'ati rivojiga qo'shgan hissasi haqida yozmoqda
Aprel 17, 2024. 11:17 • 2 daq
• 192
QOHIRA, 19-aprel. /"Dunyo" AA/. Misrning yetakchi "Al-Xabar al-Yaum", "Diplomat Today", "Diplomasi al-Yaum" va "Al-Muvatin" elektron nashrlarida taniqli o'zbek kinotanqidchisi, professor Hamidulla Akbarovning Abdulla Qodiriy ijodiga bag'ishlangan "Buyuk qalam sohibi saboqlari" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif yozganidek, mamlakatimizda Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun kurashlarda matonat ko'rsatgan, millatni hurlik va erkinlikka chorlagan, mustabid tuzum yillarida qatag'on etilgan yurtdoshlarimizning moʻtabar xotirasini abadiylashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, XX asr o'zbek adabiyotining yetuk vakillaridan biri – Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi ana shu mazmundagi muhim voqeadir.
"Qodiriy ijodi haqida gapirganda, tasviriy va sahna san'ati, musiqa va kino, televideniye tahlili metodikasi bilan qurollanishni ko'rish mumkin. Roman va uning kinotelevizion talqini, mumtoz she'riyat va nafis dinamik miniatyura, musiqa va folklor san'atining o'zaro uyg'unligi muallif ijodiy laboratoriyasiga kirishning muhim bosqichidir", deyiladi maqolalarda.
Nashrlarda qayd etilishicha, muallif romanlaridagi dramatik sahnalarni hayratlanarli tarzda ifoda etgan. "Tasvirlar ham juda ta'sirli: bahorgi tog'lar, adirlar, gullarga burkangan vodiylar. Tovush komponenti ham boy: qushlarning sayrashi, ho'kizda yer haydayotgan dehqonning qo'shig'i", – deya tasvirlagan muallif.
"Abdulla Qodiriy kinoga hurmat bilan munosabatda bo'lgan. Rejissyor, aktyor Yo'ldosh A'zamov va yozuvchi Zinnat Fatxullin yozuvchining zamondosh Nabi G'aniyev Qodiriyning "O'tgan kunlar" romani asosida film suratga olish istagi haqida aytib o'tishgan", – deb yozgan Misr OAV.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi