“Sabah”: O‘zbekiston Prezidenti Denizlidagi fojiali avtohalokat munosabati bilan Turkiya yetakchisiga hamdardlik bildirdi
Iyun 01, 2026. 14:55 • 58 soniya
• 205
ANQARA, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning nufuzli “Sabah” gazetasida O‘zbekiston Prezidentining Turkiya yetakchisiga yo‘llagan hamdardlik maktubi haqida xabar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni Denizli–Aydin avtomagistralida sodir bo‘lgan fojiali avtohalokatdan so‘ng Turkiya Prezidentiga taʼziya maktubi yo‘llagan. Hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lib, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Maqolada O‘zbekiston yetakchisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilgani hamda yuz bergan fojia munosabati bilan turk xalqiga hamdardlik izhor etgani taʼkidlangan.
Turkiya ommaviy axborot vositalari bu hamdardlikni ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va qardoshlik munosabatlarining yorqin ifodasi sifatida baholamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Pokiston ommaviy axborot vositalari O‘zbekistondagi “Mehr” gumanitar operatsiyalarining yakunlari haqida yozmoqda



