Logo

Ukraina OAV: Markaziy Osiyo mamlakatlari "Made in Central Asia" umumiy brendini yaratadi

Noyabr 23, 2025. 11:46 • 2 daq

102
Ukraina OAV: Markaziy Osiyo mamlakatlari "Made in Central Asia" umumiy brendini yaratadi

KIYEV, 24-noyabr. /"Dunyo" AA/. Ukrainaning nufuzli "Open4business" va "Fixygen" onlayn nashrlarida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon savdo va investitsiyalar vazirlari kengashining Toshkentda bo'lib o'tgan birinchi yig'ilishi haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Tadbir mintaqa mamlakatlari o'rtasida savdo, sarmoya va sanoat kooperatsiyasi sohalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, o'zaro tovar ayirboshlashni ko'paytirish va kooperatsiya ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan", - deya yozadi manbaa.

Shuningdek maqolada yozilishicha, mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi tovar ayirboshlashni 20 milliard dollarga yetkazish uchun ishchi vositalarni yaratish, "Made in Central Asia" brendi ostida qo'shma ishlab chiqarish maydonlarini shakllantirish, shuningdek, qo'shma infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va yirik investorlarni jalb qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ukraina OAVning qayd etishicha, uchrashuv chog'ida bojxona va chegara tartib-taomillarini yanada optimallashtirish, transport-logistika infratuzilmasini sinxronlashtirish va mintaqa mamlakatlarining ishlab chiqarish zanjirlarini birlashtira oladigan sanoat xablarini yaratish zarurligi ta'kidlangan.

"Uchrashuv yakunida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, kooperatsiya va qo'shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikning yangi mexanizmlarini yaratish bo'yicha muhim kelishuvlar qayd etilgan qo'shma kommyunike imzolandi", - deyiladi maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish