Logo

2026-yilda O‘zbekiston hukumati yana 1 million kishini ish bilan taʼminlamoqchi

Yanvar 28, 2026. 11:15 • 2 daq

1529
2026-yilda O‘zbekiston hukumati yana 1 million kishini ish bilan taʼminlamoqchi

OSTONA, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda 4 mingta kam taʼminlangan oilaga tut yetishtirish va pillachilikni rivojlantirish uchun 10 yil muddatga 50 sotixdan yer bepul beriladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “inbusiness.kz” axborot agentligiga tayanib.

Taʼkidlanishicha, davlat ko‘chatlar, shpalerlar va tomchilatib sug‘orish xarajatlarining bir qismini qoplab beradi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun subsidiyalar va foizsiz ssudalar ajratadi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda mamlakat iqtisodiyoti 7,7 foizga o‘sgani, YAIM 147 milliard dollar bo‘lgani, investitsiyalar 43 milliard dollarga oshgani, eksport qariyb 34 milliard dollarga yetganini maʼlum qildi. Bir yil ichida 366 ming oila kambag‘allikdan chiqarildi, kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushdi”, deya maʼlumot keltirilgan materialda.

Islohotlarda asosiy rol mahallalarga berilmoqda: hokimlar aholi bandligi va daromadlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, loyiha guruhlari tashkil etilib, fermerlarning ustoz-shogird tizimi joriy etilmoqda.

Maqolada qayd etilishicha, sharoiti og‘ir mahallalarda quyosh elektr stansiyalari barpo etiladi va ulardan tushadigan daromad aholi ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

“2026-yilda hukumat yana 1 million kishini ish bilan taʼminlash, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish hamda kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizga tushirishni rejalashtirmoqda”, deya yozilgan maqola xulosasida.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish