O'zbekiston elchixonasi ko'magida Rossiyada ota-ona qaramog'isiz qolgan 15 nafar bola yurtimizga qaytarildi
Dekabr 29, 2024. 11:02 • 48 soniya
• 469
MOSKVA, 29-dekabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar va Sog'liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda Rossiya hududlarida ota-ona qaramog'isiz qolgan 15 nafar voyaga yetmagan bola yurtimizga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistondan kelgan ishchi guruh a'zolari qarovsiz qolgan bolalarning barcha zarur hujjatlarini yig'ish maqsadida ikki hafta davomida Rossiyaning turli hududlarida bo'ldi.
Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va yordamga muhtoj barcha bolalar dastlab Moskva shahridagi voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan ijtimoiy reabilitatsiya markaziga joylashtirildi. Shundan so'ng ular O'zbekistonga qaytarildi.
"Biz bolalarni O'zbekistonga repatriatsiya qilish uchun qabul qildik. Markazda bo'lgan vaqt mobaynida ularga barcha ijtimoiy va tibbiy yordam ko'rsatildi", - dedi Moskva shahridagi "Markaziy" oilaviy tarbiyaga ko'maklashish markazi bo'lim rahbari Odil Zokirov.
O'zbekiston elchixonasi tomonidan bolalarning Vatanga qaytishi uchun zarur sertifikatlar bepul rasmiylashtirildi.
Voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz O'zbekistonga qaytgach, yaqin qarindoshlari homiyligiga (vasiyligiga) yoki mamlakatimizdagi maxsus bolalar muassasalariga topshiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi