O'zbekiston va Germaniya iqlim xavfini boshqarishda hamkorlikni kuchaytiradi
Iyul 21, 2025. 09:18 • 46 soniya
• 38
TOSHKENT, 21-iyul. /"Dunyo" AA/. Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan "Markaziy Osiyoda iqlim xavfini boshqarish" loyihasi doirasida anglashuv memorandumini imzoladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotiga ko'ra, loyiha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilmoqda va 2028-yilgacha davom etadi. Hamkorlikning asosiy maqsadi — iqlim va tabiiy ofat xavflarini kamaytirish, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish bo'yicha ilmiy-amaliy salohiyatni oshirishdan iborat.
Zarafshon daryosi havzasida zamonaviy, aqlli tomchilatib sug'orish tizimlari joriy etilib, qishloq xo'jaligi modernizatsiya qilinadi. 2025 yilgacha Navoiy viloyatidagi 10 gektar yerda intensiv bog' barpo etilishi va sug'orish tizimi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan.
Loyiha suv resurslaridan oqilona foydalanish, qurg'oqchil yillarda hosildorlikni saqlab qolish, ekologik muvozanatni ta'minlash, agrosanoat samaradorligini oshirish kabi maqsadlarni o'z ichiga oladi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mazkur tajriba uzoq muddatda boshqa hududlarga ham namunaviy tarzda tatbiq etiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi