O'zbekiston va Shveysariya ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirishga kelishib oldi
Fevral 12, 2024. 16:04 • 30 soniya
• 338
TOSHKENT, 12-fevral. /"Dunyo" AA/. 2023-yil 23-iyunda imzolangan O'zbekiston Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi o'rtasida 2002-yil 3-aprelda imzolangan yo'lovchilar hamda yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to'g'risidagi Bitimga va uni qo'llash tartibi to'g'risidagi Bayonnomaga o'zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma 2024-yil 8-fevraldan e'tiboran kuchga kirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi O'zbekiston va Shveysariya o'rtasida ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirish hisoblanadi.
Ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi avtotashuvchilar uchun ortiqcha byurokratik to'siqlarni kamaytiradi va yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi