Vengriyaning 19 ta yetakchi universiteti O‘zbekistonga delegatsiya yuboradi
Fevral 25, 2026. 10:36 • 2 daq
• 539
BUDAPESHT, 26-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya rektorlari konferensiyasi prezidenti, Zemmelvays universiteti rektori, professor Bela Merkeli bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqotning asosiy mavzusi joriy yil 5-mart kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan uchinchi O‘zbekiston–Vengriya rektorlar forumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda qo‘shma taʼlim loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Vengriya tomoni bo‘lajak forumga alohida ahamiyat qaratmoqda. Tadbirda Vengriyaning 19 ta oliy taʼlim muassasasi vakillari, jumladan, 11 nafar rektor va 6 nafar prorektor ishtirok etishi taʼkidlandi.
Tashrif doirasida Obud universiteti, Jizzax politexnika instituti, Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston sanoat va biznes vakillari, shuningdek, vengriyalik investorlar va universitetlar ishtirokida Jizzax shahrida Innovatsion texnoparkning rasmiy ochilishi ham rejalashtirilgan.
Muzokaralar davomida Zemmelvays universiteti va O‘zbekiston tibbiyot oliygohlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni kengaytirish, qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tomonlar oliy taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi konstruktiv muloqotni amaliy natijalar bilan boyitishga tayyor ekanini bildirishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi