Logo

AQShning IT sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalari bilan hamkorlik o'rnatildi

Fevral 26, 2024. 19:00 • 59 soniya

240
AQShning IT sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalari bilan hamkorlik o'rnatildi

VASHINGTON, 26-fevral. /"Dunyo" AA/. Samarqand viloyati delegatsiyasining Amerika Qo'shma Shtatlarining Filadelfiya shahriga amalga oshirgan safari doirasida O'zbekiston elchisi Furqat Sidiqov boshchiligida «EPAM systems» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Dastlab korxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi, shundan so'ng rahbariyat bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Sohaviy bilimlarni o'rgatish va IT xizmatlarini eksport qilish maqsadida viloyatda kompaniya ofisini tashkil etish bo'yicha takliflar bildirildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi, shuningdek, «Mir Transportation Inc» korxonasida bo'ldi va tadbirkorlar bilan muloqot o'tkazdi.

Unda Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish uchun yaratilgan qulayliklar, xususan, IT sohasini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va imtiyozlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Uchrashuv natijasida, «Mir Transportation Inc» korxonasi, "Logex" kompaniyasi va «Uzrek payment system inc» kompaniyalari bilan masofaviy xizmatlarni ko'rsatish markazini tashkil etish bo'yicha memorandumlar imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish