Logo

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi BMT tadbirlarida qatnashdi

Aprel 27, 2026. 10:25 • 2 daq

404

JENEVA, 27-aprel. /“Dunyo” AA/. Jeneva shahrida BMT doirasida o‘tkazilgan qator nufuzli xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yurtimiz vakillari dastlab BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) tomonidan tashkil etilgan 2026-yilgi Barqaror rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy forumda qatnashdi.

Forum O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxona ko‘magida tashkil etildi.

Ishtirokchilar forum davomida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratdi. Tadbir qatnashchilari 2030-yilgacha bo‘lgan kun tartibi ijrosini taʼminlash, innovatsion yechimlarni joriy etish hamda davlatlar o‘rtasida tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.

Muloqot jarayonida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi tub o‘zgarishlar, erishilgan salmoqli yutuqlar hamda kelgusidagi vazifalar xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Delegatsiya aʼzolari Yevropa va Markaziy Osiyoda oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilish bo‘yicha 4-yig‘ilishda ham ishtirok etdi. Mazkur tadbir BMT Oziq-ovqat tizimlarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatlar o‘rtasida oziq-ovqat tizimlarini isloh qilish, milliy strategiyalarni amalga oshirish va investitsiyalarni jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan.

Yig‘ilish doirasida davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va xususiy sektor vakillari ishtirokida muloqot va tajriba almashish imkoni paydo bo‘ldi. Suhbat chog‘ida 2030-yilgacha barqaror oziq-ovqat tizimlarini shakllantirish jarayoniga eʼtibor berildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasining ushbu xalqaro tadbirlardagi ishtiroki mamlakatda agrar sohani modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda xalqaro hamkorlikni yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish