Voyaga yetmagan O'zbekiston fuqarosiga Vatanga qaytishi yuzasidan amaliy ko'mak ko'rsatildi
Oktabr 18, 2023. 11:06 • 35 soniya
• 281
VLADIVOSTOK, 18-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi ko'magida murakkab ahvolga tushib qolgan mamlakatimiz fuqarosi Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidan Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma’lum bo'lishicha, jori yil 10-oktyabr kuni Vladivostokdagi «Парус надежды» maxsus sosiallashtirish markazi xodimlari Bosh konsullikka murojaat qilishib, 2006-yilda tug'ilgan, voyaga yetmagan O'zbekiston fuqarosi O.K. qonuniy vakillarisiz hamda Rossiya qonunchiligini buzgan holda Rossiyaning Primorskiy o'lkasida bo'lib turgani va mazkur muassasada saqlanayotganini bildirishdi.
Shu bois o'zbekistonlik diplomatlar markaz rahbariyati bilan muzokaralar olib borishgani natijasi o'laroq, 13-oktyabr kuni voyaga yetmagan O.K. tog'asi hamrohligida Qirg'izistonga, so'ngra chegara posti orqali Andijon viloyatiga o'tkazilishi ta’minlangani holda ota-onasining huzuriga yetkazildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
