O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida parlamentlararo muloqot kengaymoqda
Aprel 28, 2026. 09:29 • 2 daq
• 488
BUDAPESHT, 28-aprel. /“Dunyo” AA/. Parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Serbiya Milliy Assambleyasi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi o‘tkazilgan muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barqaror va o‘zaro hurmat, tenglik hamda konstruktiv hamkorlik tamoyillariga asoslangani taʼkidlandi.
Suhbat davomida tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini qayd etdi. Xususan, parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, o‘zaro tashriflar sonini ko‘paytirish va do‘stlik guruhlari doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bugungi kunda parlamentlararo aloqalar nafaqat siyosiy muloqot vositasi, balki ishonchni mustahkamlash, tajriba almashish va xalqaro maydonda umumiy tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Tomonlar hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirib, turli darajalarda muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarni yana-da mustahkamlash borasida fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi