Farg'ona va Xitoyning Urumchi shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi
Aprel 17, 2025. 11:44 • 29 soniya
• 220
FARG'ONA, 17-aprel. "Dunyo" AA/. "Farg'ona–Urumchi–Farg'ona" yo'nalishida aviaparvozlar yo'lga qo'yiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Farg'ona viloyati hokimligi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va Xitoy shaharlari o'rtasida aviaqatnovlar kengaytirilayotgan bo'lib, yana bir yangi Farg'ona-Urumchi-Farg'ona yo'nalishida aviaparvoz yo'lga qo'yilmoqda.
Xitoyda amaliy tashrif bilan bo'lib turgan Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.
Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog'lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo'nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Parvozlar 18-aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi